Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

Shu maʼnoda, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Toshkent-tovar”, «Arquloq», “Chuqursoy”, “Sirgʻali” bojxona postlarida sayyor qabullari boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabullarda boshqarma boshligʻi T.Saidov va masʼul xodimlar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining bojxona sohasidagi muammolarini tinglashdi.

Tahlillarga nazar tashlasak, 2021-yilning yanvar-may oylari davomida boshqarmada 204 ta murojaatlar roʻyxatga olinib, ularning soni oʻtgan yillarning ayni shu davriga nisbatan ancha kamayganini koʻrishimiz mumkin.

Murojaatlarning 114 tasi elektron tarzda va 90 tasi ogʻzaki shaklda taqdim etilgan.

Koʻrib hal etilgan murojaatlarning 26 foizi oʻz vaqtida qanoatlantirilib, 68 foizi boʻyicha tushuntirishlar berilgan. Qolganlari esa tegishliligi boʻyicha boshqa organlarga yuborilgan.

Muxtasar aytganda, bugun hech bir murojaat shunchaki qogʻozlarda qolib ketmayapti. Oʻtkazilayotgan sayyor qabullar muammolarni aniqlash, joyida hal qilish, ularni bartaraf etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Otabek Odilov,

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Matbuot kotibi