Unga ko‘ra, baholashning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

▪️ hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar yig‘indisi;

▪️ yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar yig‘indisi;

▪️ xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar yig‘indisi;

▪️mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar (48 turdagi mahallada sodir etilgan jinoyatchilikni o‘tgan yilga nisbati);

▪️sektor rahbarlarining shaxsiy tashabbuskorligi bilan amalga oshirilgan ishlari (yo‘l qurish, ichimlik suvi bilan ta’minlash, gazlashtirish, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari va boshqa);

▪️tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlarining sohaviy xizmat faoliyati samaradorligining baholash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

▪️tuman (shahar) aholisi va MFY raislarining sektorlar faoliyatidan qoniqish darajasi bo‘yicha so‘rovnoma natijalari;

▪️ sektorlar rahbarlarining bilimini ilm.argos.uz platformasi orqali sinovdan o‘tkazish natijalari bilan shakllantiriladi.