"Sel-suv toshqin mavsumlari boshlandi", deya xabar bermoqda uzb_meteo kanali. Janubiy siklonlar ayni mavsum va bu kabi issiq harorat ortidan, chaqmoq-momaqaldiroq boʼladi. Tabiiyki, ulardan kuchli jala va doʼl yogʼish hodisalari yuqori kuzatilishi mumkin. Аyni kunlarda doʼl hodisasi qishloq xoʼjaligi uchun xavfli.
Shuning uchun 18–21 aprel kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi Gidrometeorologik jarayonlarga taʼsir koʼrsatishni boshqaruv xizmati atmosferadagi keskinliklar sabab, suv bugʼlarining toʼyinib, doʼlga aylanmasligi uchun atmosferaga taʼsir koʼrsatish mavsumini boshlashi, monitoring ishlarini kuchaytirishi lozim.
Аyni mavsum kelayotgan intensiv yogʼingarchiliklardan oldin qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga agrooʼgʼitlar sepish mumkin boʼladi. Vaqtni shunday tanlash kerakki, oʼgʼit sepib boʼlgach, yomgʼir yogʼib bersin.
Sugʼorish ishlarida ham yogʼinlarning taxminiy miqdori inobatga olinib, dala va bogʼlarga ''suv tortib kelish'', hisobli sugʼorish oʼz samarasini beradi. Pirovardida, suv omborlari tabiiy havzalardagi suv biroz iqtisod qilinadi.