Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Sinema serviz” studiyasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan.
Film ssenariysini Gulmira Musajonova va Nodira Saidahmad qizi yozgan. Rejissyor Hamidulla Boboqulov surtaga olgan. Ijodiy guruhda operator Jamshid Gʻaniyev, rassom Anastasiya Reyim, grimyor Yulduzxon Qodirova, film direktori Kamila Matenovalar faoliyat olib bordi.
Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Gʻafur Gʻulom, Ogahiy kabi filmlar premyera qilingandi. 29-sentyabrga qadar Choʻlpon, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston kinematografiya agentligining qayd etishicha, barcha premyeralar “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida oʻtkazilmoqda.









