Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi tashabbusi bilan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi va bepul tibbiy koʻrik tashkil etildi

    Mamlakatimizda 9 Iyul 2021 1248

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi R.Karimova tashabbusi bilan joriy yilning 3-4-iyul kunlari Xorazm viloyati Xozarasp tumani “Bogʻdor” mahallasida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi va bepul tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

    “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va “Temir daftar”da boʻlgan ehtiyojmand oilalar vakillari UTT, EKG, nevrolog, pediatr, ginekolog, urolog, terapevt, kardiolog, lor shifokorlaridan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtishdi.

    Yarmarkada esa tumanda mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Ahamiyatlisi, mazkur tadbirda tumandagi 120 nafar yoshlar ish bilan taʼminlanishiga erishildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.