“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va “Temir daftar”da boʻlgan ehtiyojmand oilalar vakillari UTT, EKG, nevrolog, pediatr, ginekolog, urolog, terapevt, kardiolog, lor shifokorlaridan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtishdi.

Yarmarkada esa tumanda mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Ahamiyatlisi, mazkur tadbirda tumandagi 120 nafar yoshlar ish bilan taʼminlanishiga erishildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.