Senat notoʻgʻri “parkovka” uchun jarimani kamaytirish haqidagi qonunni maʼqulladi

    Mamlakatimizda 28 Aprel 2021 1348

    Senat Yalpi majlisida maʼqullangan qonunga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-6-moddasidagi (transport vositalari haydovchilari tomonidan toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzganlik) jarima miqdori BHMning 3 baravaridan (735 ming soʻm) 2 baravariga (490 ming soʻm) qisqarmoqda.

    Shuningdek, takroran sodir etilgan notoʻgʻri “parkovka” uchun yuqori miqdordagi jarima solish tartibi bekor qilinmoqda. Yaʼni ilgari bir marta jarima qoʻllangandan keyin 1 yil ichida yana takroran sodir etilsa 3 mln 675 ming soʻmgacha jarima solinar edi.

    Endi necha marta qoida buzilganidan qatʼi nazar bir xil - BHM 2 baravari (490 ming soʻm) miqdorida jarima solinadi.

    Qonun Prezident tomonidan imzolanib, eʼlon qilingach kuchga kiradi.