Suhbat avvalida Senat Raisi T.Narbayeva Sahiba Gafarovani Milliy Majlisga saylovning muvaffaqiyatli oʻtgani va Ozarbayjon parlamenti rahbari lavozimiga saylangani bilan tabriklab, kelgusi davrda ham ikki davlat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasida yuqori darajadagi hamkorlik va yaqin aloqalar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuvda tomonlar davlatlar rahbarlarining oʻzaro doʻst munosabatlari tufayli mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar jadal rivojlanib borayotganligi alohida qayd etildi.
Suhbat chogʻida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani qonun chiqaruvchi organlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
Parlament rahbarlari muloqot davomida kelgusida ikki mamlakat parlamentlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga koʻtarishga, bu borada 2024–2025-yillarga moʻljallangan yangi “yoʻl xaritasi” asosida munosabatlarni mustahkamlashni davom ettirishga kelishib oldi.
Oʻz navbatida, S.Gafarova mamlakatimizda boʻlajak saylovlarni umumeʼtirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuqori tashkiliy darajada oʻtkazishga muvaffaqiyatlar tiladi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.