Senat Raisi Ellikqalʼa tumanidagi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi

    Ijtimoiy hayot 11 Iyun 2021 1707

    2021-yil 10-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida boʻldi.

    Dastlab “Aqchakoʻl” Ovul fuqarolar yigʻini hududidagi xotin-qizlar va yoshlarni kasbga oʻqitish boʻyicha tashkil etilgan oʻquv markazi faoliyati bilan tanishildi. Shu yerning oʻzida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan suhbatlashildi.

    Soʻngra oʻquv markazida “Aqchakoʻl” ovul fuqarolar yigʻini hududida “mahallabay” ishlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan loyihalar koʻzdan kechirildi. Qolaversa, “Ayollar maslahat kengashi” faoliyati bilan ham tanishilib, Kengash aʼzolari bilan muloqot qilindi.

    Keyingi manzil – “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini. Mazkur hududdagi “Yoshlar mehnat guzari”da tashkil etilgan xizmatlar sohasida amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi. Shu yerda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan suxbatlashildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi
    Oliy Majlisi Senatining
    Axborot xizmati