Elchi ikki mamlakat oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish borasida faol va mazmunli ish olib borgani qayd etildi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston-Finlyandiya siyosiy muloqotini, shuningdek, savdo-iqtisodiyot, turizm, taʼlim, gender tenglik va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, YEI va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Oʻz navbatida, M.Liivala Finlyandiyaning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari sifatidagi oʻz faoliyatida har tomonlama koʻmak berilgani uchun minnatdorlik bildirdi.