Muloqot avvalida tomonlar ikki davlat rahbarlarining ochiq va ishonchli munosabatlari mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarning rivojlanishida mustahkam asos boʻlayotganini aytib oʻtdi.
Uchrashuvda yuqori darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini taʼminlash, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qoʻshma loyihalarni huquqiy jihatdan taʼminlash boʻyicha parlamentlarning oʻzaro hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar va parlamentlararo tuzilmalar doirasida aloqalarni yanada mustahkamlash va bir-birini qoʻllab-quvvatlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, Sahiba Gafarova Oʻzbekiston tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilayotgan Osiyo xotin-qizlari forumi ayollarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishda muhim maydon boʻlishini taʼkidlab, forum ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Uchrashuv soʻnggida tomonlar ikki davlat tadbirkor ayollari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirishga, yosh parlamentariylar muloqotini jadallashtirishga kelishib oldi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.