"Endigina 19 yoshga kirgan qizimiz oʻz iqtidori, mehnati bilan ilmda, sanʼatda oʻzini namoyon eta olgan umidli yoshlarimizdan biri edi. 2023-yilda sanʼat yoʻnalishi boʻyicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Xitoyda tahsil olayotgan qizimizning kelajakda Oʻzbekistonimiz rivojiga hissa qoʻshish, ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash kabi yuksak orzulari bor edi. Ammo, beshafqat oʻlim uni oramizdan olib ketdi.
Shirinning ota-onasi, yaqinlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz", — deydi Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq xonanda, Zulfiya mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva19 yoshida vafot etgani haqida xabar qilingandi.