Tashrif Qarshi tumanidagi “Qovchin” MFY hududida joylashgan “Abu Mu’yin An-Nasafiy” ziyoratgohidan boshlandi.
Abul Mo‘’iyn an-Nasafiy Abu Mansur Moturidiy (870-945) ta’limoti va hanafiya mazhabining batafsil sharhlari keng yoyilishiga katta hissa qo‘shgan. Uning islom dini sofligini saqlash yo‘lidagi xizmatlari diqqatga sazovor.
Mazkur majmua Prezidentimiz tashabbusi va topshirig‘iga asosan bunyod etilib, alloma maqbarasi tubdan ta’mirlandi, majmua negizida 500 o‘rinli masjid, kutubxona, muzey, ma’muriy bino, tahoratxona, choyxona qurib bitkazildi. Uning atrofidagi 70 gektar maydonda obodonlashtirish ishlari olib borilib, turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu sohada sayyohlarni qadimiy hunarmandchilik an’analari va milliy hunarmandchilik mahsulotlariga jalb etish maqsadida shu yerning o‘zida mazkur yo‘nalishdagi klaster tashkil qilinmoqda.
Senat Raisi T.Narbayeva shu erning o'zida hunarmand ayollar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan tanishib, hunarmand xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning muammo va kamchiliklarini bartaraf etish masalasiga e'tibor qaratdi.
– Nasafiy bobomizning ziyrat joylarini restavratsiya qilib, ochilish arafasida bu erga Shahrisabz hunarmandchilik maktabidan namunalar olib, Qarshi tumaniga xos bo'lgan ayollar hunarmandchiligini tashkil qilayapmiz, - dedi tadbirkor hunarmand YUlduz Mamadiyorova. – Bu erda qadimiy bosma kashtachilik rivojlangan, uyda o'tirgan ayollarning ishlarini keng ommaga ko'rsatish uchun bandlik bo'limi bilan birgalikda klaster tuzib ishlamoqchimiz. Bu erda kamida 70 ga yaqin odam ishli bo'ladi. Hozir 30 kishi ishlayapti. Ular 3 turdagi gilam, ikki xil kashta tikiladi.
Shundan so'ng Senat Raisi tumandagi Alisher Navoiy mahallasi hududida eksperiment tarzida tashkil etilgan “Atirgul” issiqxonasida umumiy qiymati 1,7 mln. AQSH dollari bo'lgan loyiha bilan tanishdi.
Unga ko'ra 1,3 gektar erda 5 turdagi Gollandiya atirguli etishtirilmoqda. Issiqxona egasi tadbirkor Q.Toshevning hozirgi pandemiya sharoitida jasorat namunasini ko'rsatayotgan besh mingdan ortiq tibbiyot xodimlariga bu yil etishtirilgan atir gullardan sovg'a qilganligi uchrashuvda alohida e'tirof etildi.
Keyingi manzil – viloyatda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari. Senat Raisi T.Narbaeva ularning faoliyati bilan tanishib, bu yo'nalishda ro'yobga chiqarilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda viloyat bo'yicha kichik sanoat zonalarida jami 40 ta loyiha amalga oshirilib, 419 ta yangi ish o'rni yaratildi. Jumladan, Qarshi tumanidagi kichik sanoat zonasida 4 ta loyiha bajarilishi natijasida 72 ta yangi ish o'rni yaratilishiga erishildi.
Shu jumladan, “Yulduz Chevar” MCHJ tomonidan tikuvchilik loyixasi, “Promax” MCHJ tomonidan esa infakiyoska ishlab chiqarish loyixasi ro'yobga chiqarildi.
Yana bir jihat, “Constructing The Mantle Service” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 350 ming AQSH dollari bo'lgan Quduqlar va neft gaz sohasidagi burg'ulash uskunalarini yig'ish tsexini tashkil etish loyixasi amalga oshirilishi natijasida 30 ta yangi ish o'rni yaratiladi.
Shuningdek, kichik sanoat zonasida yana “Sapfir standart” MCHJ tomonidan tozalash va yuvish vositalari, tish yuvish pastasi ishlab chiqarish, “Turdi muazzam servis” tomonidan isitish pechlari ishlab chiqarish bo'yicha yangi loyixalar bilan tanishildi.
Bundan tashqari, T.Narbayeva tumandagi “Xonobod” MFY hududida joylashgan “Qashqadaryo parnik taraqqiyot invest” MCHJga qarashli gidroponika usulidagi issiqxonaga tashrif buyurdi. Mazkur issiqxonada 10 gektar maydonga gidroponika uskunalari o'rnatilgan. Hozirda issiqxona uskunalari 100 foiz olib kelingan va 4 gektar er maydonida qurilish ishlari tugallangan. Qolgan 6 ga er maydonida 90 foiz ishlar yakuniga etkazilib, joriy yilning sentyabr oyida to'liq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Senat Raisining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davom etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati