Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg shahridagi vakolatxonasi, Sverdlovsk viloyati “Ural-Oʻzbekiston” doʻstlik jamiyati, Chelyabinsk viloyati “Bobur” oʻzbek milliy madaniy markazi, Tyumen viloyati “Vatan” jamoat tashkiloti, Nyagan shahridagi “Millatlar birligi” Markaziy Osiyo xalqlari jamoat madaniy-maʼrifiy tashkiloti rahbarlari va oʻzbek diasporasi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda davlatimiz tomonidan xorijda boʻlib turgan fuqarolarimizni qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda diasporalar vakillari Senat raisiga oʻzbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyada boʻlib turgan davrda duch keladigan muammolar va ularni yechish yoʻllari haqidagi savollar bilan murojaat qildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida oʻzbek tili, sanʼati va milliy madaniyatini keng targʻib qilish maqsadida Rossiyadagi koʻp sonli oʻzbekistonlik talabalar tahsil oladigan oliy oʻquv yurtlarida Oʻzbekiston burchaklarini tashkil etish taklifi bildirildi. Oʻz navbatida, mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ushbu gʻoyani qoʻllab-quvvatladi.