Uchrashuvda Oʻzbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan samarali hamkorlik aloqalari va mamlakatimizda parlamentarizmning soʻnggi yillardagi rivojlanishiga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, suhbatda 2022-yilning 8-9-sentyabr kunlari Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammitiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish masalalari muhokama etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.