Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan oʻzgarish va islohotlar, shu jumladan, ijtimoiy-mehnat sohasida, munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratdilar.
Shuningdek, XMTning Oʻzbekiston bilan hamkorlik aloqalari tashkilot uchun juda muhim ekanligi, Oʻzbekiston paxtasi uchun “Cotton Campaign” boykoti bekor qilinib, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi bilan munosabatlar ancha yaxshilanganiga urgʻu berildi.
Maʼlumot oʻrnida, XMTning yangi bosh direktori joriy yil 1-oktyabrda oʻz lavozimiga rasman kirishadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.