Uchrashuvda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, xususan, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Suhbat davomida qurilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, bu boradagi yangi qoʻshma loyihalar hamda respublikadagi shaharlar infratuzilmasini takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarni yanada kengaytirish Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash maqsadlariga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.