Senat yalpi majlisida kim uxlab qoldi?Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi holat yuzasidan tushintirish berdi.
Qayd etilishicha, Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi vaqtida Surxondaryo viloyati studiyasida senator Dilbar Suvonova so‘zga chiqqan vaqtida orqa o‘rindiqda uxlab o‘tirgan ishtirokchi sog‘lig‘i yomonlashib qolgan.
Jonli efir vaqtida boshqalar e’tiborini tortmaslik uchun tashqariga chiqmay turgan. Ishtirokchi bu vaziyatda holatidan kelib chiqib ko‘rinmaslikka harakat qilgan.
"Hozirda tibbiy muolaja ko‘rsatilgan va holati yaxshi" — deyiladi tushuntirish xabarida.