Mazkur jamoatchilik eshituvida aholini subsidiya asosida arzon uy-joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa mutasaddi tashkilotlarning ma’ruzalari tinglandi.
Shuningdek, senatorlar tomonidan ipoteka krediti bo‘yicha davlat subsidiyalarini berishdagi insofsizlik xavflarini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari va uning natijasida ishlab chiqilgan tavsiyalar qizg‘in muhokama etildi.
Qayd etilishicha, sohada ipoteka kreditlari berish ko‘lamini yanada kengaytirish, xususiy pudrat tashkilotlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhokamalar davomida yetuk olimlar va mutaxassislarning fikrlari eshitildi.
Yig‘ilish yakunida aholini uy-joy bilan ta'minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, mutasaddi vazirlik va idoralarga taqdim etishga qaror qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.