Senatda o‘tgan uchrashuvda bir qator masalalar muhokama etildi

    Bugun, 27-yanvarda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Isroilning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gideon Lustig bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish, strategik sherikchilik darajasiga ko‘tarish, xususan, innovatsiya, tibbiyot, farmatsevtika, turizm, agrar va suv xo‘jaligi sohalarida o‘zaro tajriba almashishni keng yo‘lga quyish masalalari muhokama etildi.

    O‘z navbatida, ushbu jarayonlarda parlament diplomatiyasining o‘rni alohida qayd etilib, parlamentlararo hamkorlik va do‘stlik guruhlari ishini faollashtirishga e'tibor qaratildi.

    Shuningdek, uchrashuvda yosh parlament a'zolari o‘rtasida amaliy loyihalar hamda hududlararo aloqalarni yo‘lga qo‘yishga doir dasturlarni joriy etishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.