Senatda Yaponiya adliya vaziri bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Joriy yil 30-aprelda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yaponiya adliya vaziri, Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputati Keysuke Suzuki bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi, bunda parlamentlararo muloqotni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

    Jumladan, “Yaponiya – Oʻzbekiston” doʻstlik guruhlari faoliyatini faollashtirish, parlament qoʻmitalari oʻrtasida muntazam muloqotni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, qonun ijodkorligi, parlament nazorati va hududiy vakillik organlari faoliyati sohalarida tajriba almashish muhimligi qayd etildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.