Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va UNICEF oʻrtasida bolalar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, inklyuziv va sifatli taʼlimni joriy etishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama etildi.
Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoya qilish, inklyuziv loyihalarni amalga oshirish, sohada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro forumlar va tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha birgalikda amalga oshiriladigan ishlarni faollashtirishdan oʻzaro manfaatdor ekanligini tasdiqladi.
Uchrashuv yakunida amaliy loyihalarni amalga oshirish orqali Oʻzbekiston va UNICEF oʻrtasida konstruktiv va samarali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.






