Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladigan mazkur yalpi majlisda bir qator qonunlar va masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Xususan, “Raqobat toʻgʻrisida”gi, “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Moliyaviy isteʼmol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan «Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida»gi, “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar muhokama etiladi.
Shu bilan birga, senatorlar Oliy Majlis Senatining 2022-yildagi faoliyati va 2023-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalari borasidagi masalani koʻrib chiqadi hamda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktorining Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilishi holati haqidagi axborotini eshitadi.
Bundan tashqari, yalpi majlisda Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlis Senati matbuot xizmati.