Senatning navbatdagi yalpi majlisida bir qator masalalar koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, yalpi majlisda “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi, “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqiladi.

13-iyun kuni soat 11-00 da oʻz ishini boshlaydigan Senatning navbatdagi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtadi.

Yalpi majlis Senatning YouTube tarmogʻidagi sahifasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoritib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati