Unda Olmazor tumani xalq deputatlari Kengashi deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tashkilot va muassasalar mas'ul xodimlari, tuman faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida ma'qullangan qonunlar, xususan «Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Ushbu Qonun bilan Mehnat, Fuqarolik va Soliq kodekslariga hamda amaldagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar aholining ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlash hamda fuqarolarning va tadbirkorlik sub'ektlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgani alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–104-sonli qarorining ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritildi.

Ta’kidlanganidek, 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda har bir tuman va shahar kesimida (Toshkent shahridan tashqari) 73 730 ta yangi xizmat ko‘rsatish ob’ektini tashkil etish hisobiga 937 mingdan ziyod ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

Xizmatlar sohasi hajmini kengaytirish va shu orqali yangi ish o‘rinlari tashkil qilishga oid ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish xususida ham ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.