Jumladan, bugun Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbidin Burxonov hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Qodirxonova Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida boʻlib, paxta dalalaridagi terimchilar bilan uchrashdilar. Suhbat chogʻida senatorlar eng avvalo terimchilar mavsumga hech qanday majburlovlarsiz jalb qilingani, mehnatiga munosib haq toʻlanayotgani, yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi.

Ular uchun issiq ovqat tashkil etilib, tibbiy xizmat, madaniyat va maishiy xizmatlar yoʻlga qoʻyilgan. Joriy yilda qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun birinchi terimda – 1 200 soʻmdan, ikkinchi terimda 1 500 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlash kerakligi tushuntirildi. Oʻrganishlar davom etyapti, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.