«Sergeli» yo'nalishi «CHoshtepa», «Toshkent xalqa yo'li», «Sergeli», «Afrosiyob», «Qipchoq» bekatlaridan iborat. Hozir qurilish jarayonida 100 foiz temir-beton konstruktsiya ishlari bajarilgan. Er osti ishlari tugatilgan. 1400 dan ortiq temir-beton balkalar montaj qilingan. 

Ayni kunlarda er usti metro liniyalarida temiryo'l panjaralarini o'rnatish, elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda. YUqorida ta'kidlab o'tgan bekatlarda qurilish ishlari tugatilib, ayni chog'da ularda qoplama ishlari amalga oshirilmoqda.