Fuqaro A.G. fuqaro N.N.ga oʻzini Sergeli tumanidagi mahallalardan birining raisi sifatida tanishtirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tumandagi kam taʼminlanganlar uchun qurilgan koʻp qavatli uylardan 3 ta xonadonni imtiyozli narxlarda olib berishni vaʼda qiladi.

Evaziga 9 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.