Hodisa yuzasidan Toshkent shahar FVB axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.
Taʼkidlanishicha, Bugun, 11-iyun kuni soat 13:24 da yongʻin boʻlgani xususida FVBga xabar tushgan.Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51da oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida avtoservisning ichki qismi va ichki qismida boʻlgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan.
Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.
Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar hodimlari chiqqan.