Sergelidagi ishchilar yotoqxonasida gaz portladi

    Tashvishli xabar 29 Noyabr 2021 1278

    Bugun poytaxtning Sergeli tumanida ishchilar uchun joylashgan yotoqxonada birlamchi maʼlumotga koʻra, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va buning oqibatida yongʻin sodir boʻlgan.

    Voqea joyida 43 nafar ishchi boʻlgan, yongʻin oqibatida ulardan 18 nafari har xil turdagi kuyish tan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.

    Hodisa oqibatida halok boʻlganlar yoʻq, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

    Hodisa tafsilotlarini oʻrganish uchun Toshkent shahar prokurorining birinchi oʻrinbosari rahbarligida Toshkent shahar FVB, IIB, SSB, Hududgaz taʼminoti rahbarlaridan iborat tezkor tergov guruhi tashkil yetilgan.

    Birlamchi maʼlumotga koʻra, havo-gaz aralashmasining chaqnashiga gaz quvurlarining nosozligi oqibatida xonaga gaz toʻplanishi sabab boʻlgan, deyiladi maʼlumotda.