Sergelidagi ishlab chiqarish korxonasida yongʻin chiqdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Sergelida ishlab chiqarish korxonasi yonib ketganligi boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

    Shu yilning 20-iyul kuni tush soat 12:27 lar atrofida Toshkent shahar, Sergeli tumani, Xonabod koʻchasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida, yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.

    Xabarga asosan, yongʻin sodir boʻlgan joyga yongʻin-qutqaruv ekipajlari yuborildi. Yongʻin soat 12:33 da yongʻin-qutqaruv ekipajlari tomonidan oʻrab olinib, 13:01da butkul oʻchirildi.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

    Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.