Serjantlar tarkibi harbiy xizmatchilariga harbiy unvonlar berishning yangicha tartibini belgilash taklif etilmoqda

    Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ushbu yangicha tartib Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.

    Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida “Oʻzbekiston Respublikasining ”Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“gi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi.

    Qonun loyihasi bilan Mudofaa vazirligining serjantlari tarkibi harbiy xizmatchilariga harbiy unvonlar berishning yangicha tartibini belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.