Turar-joy va tijorat maqsadlarida foydalanilgan uy Fritaunning sharqida joylashgan. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligi ma'lumotlariga ko'ra, hozirgacha vayronalar ostidan olti kishi omon qoldi. Hodisa oqibatida uch nafar katta yoshli erkak va ikki nafar ayol, besh yoshgacha bo'lgan ikki nafar qiz va bir o'g'il bola hayotdan ko'z yumdi.
Voqea joyida ikkita kran yordamida qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, binoda o'nlab odamlar yashagan. Binoning qulash sabablari hozircha e'lon qilinmadi, tergov boshlandi, deb xabar beradi mir24.tv.