Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. Jizzax shahridagi “E.” oʻquv markazida oʻquvchi abituriyentlarga oliy oʻquv yurtlariga kirishi uchun kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olish uchun test savollari va javoblarini olib berishi evaziga oʻquv markazi xodimi Sh.X.dan firibgarlik yoʻli bilan 156 mln soʻm va 8 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.