Unda Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Temur Poyonov ham so'zga chiqib, viloyatda yoshlar bandligini ta'minlash, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. 

Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda musiqa va san'at maktablariga musiqa asboblari, ta'lim va sport maskanlariga sport inventar jihozlari, maktab kutubxonalariga kitoblarning olib berilayotgani hamda to'garaklardagi qamrov haqida to'xtaldi. 

Temur Poyonov shuningdek, viloyatda 4 ta gigant korxonaning mavjudligi, ularning faqat 1 tasida “Yoshlar agentligi burchagi” tashkil etilgani, qolgan 3 tasida ushbu burchakning mavjud emasligi, hozirgacha ba'zi yoshlarning ishga kirish masalasidagi murojaatlari ushbu korxonalar tomonidan e'tiborsiz qoldirilayotgani, viloyat hokimi topshirig'iga asosan endi "Yoshlar daftari"dagi ishga kirish istagida bo'lgan yoshlarning ro'yxati shakllantirilishi haqida to'xtaldi.