Namoyish  2021 yilning 20 mart kuni soat 17.00 da 50 tomoshabin ishtirokida oflayn rejimda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek,  fil`mning onlayn namoyishi 20, 27 mart va  3 aprel` kunlari soat 14.00 da Koreyaning  NaverTV  platformasi himoyalangan kanalida bo'lib o'tadi. Fil`mning  Koreyadagi namoyishi munosabati bilan milliondan ortiq  obunachiga ega, koreyalik mashhur YouTube kino-blogeri  "Rangsiz tushlar" fil`mining  video-sharhini tayyorladi. O'zbek fil`miga tayyorlangan ushbu video-sharhni qariyb 30 ming foydalanuvchi ko'rib chiqqan.