Mazkur aksiya Janubiy Koreya universiteti tomonidan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hamkorlik hamda oliy bilim yurtining mamlakatimizdagi qator uzoq yillik hamkor-muassasalarga yordam berish toʻgʻrisida qabul qilgan qarori doirasida oʻtkazilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Kemyong universiteti COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʻn besh mingta tibbiy himoya niqobini taqdim etdi.