Seulning Itxevon koʻchasida sodir boʻlgan mudhish voqeada bir nafar oʻzbekistonlik vafot etgan

    Tashvishli xabar 30 Oktabr 2022 1695

    Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasining Telegram-kanalidagi sahifasida maʼlum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 13.00 (Toshkent vaqti – 09.00) holatiga koʻra, Seulning Itxevon koʻchasida 29-oktyabrda sodir boʻlgan fojeali voqealar oqibatida halok boʻlganlar orasida bir nafar oʻzbekistonlik bor.

    Fojea qurbonlari soni 150 dan oshgan, 80 dan ortiq kishi turli darajalarda jarohatlar olgan. Bunga Seulning Itxevon koʻchasida Xellouin bayramini nishonlash chogʻida yuz bergan tiqilinch sabab boʻlgan. Janubiy Koreyada 5-noyabrgacha milliy motam eʼlon qilingan. Halok boʻlgan 19 nafar xorijliklar orasida Xitoy, Eron, Oʻzbekiston va Norvegiya fuqarolari ham borligi aniqlangan.

    Maʼlum qilinishicha, politsiyaga daraksiz yoʻqolganlar haqida 300 dan ortiq xabar kelib tushgan.

    Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi Itxevon koʻchasida sodir boʻlgan fojeali voqealar oqibatida halok boʻlganlarning barcha qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi va jabrlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tiladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    Shuningdek, xabarda yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatida yurtdoshlarimiz ichida jabrlanganlar yoki yordamga muhtojlar boʻlsa, diplomatik missiya Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi konsullik boʻlimiga zudlik bilan murojaat qilishni soʻraganligini maʼlum qilingan.

    Hamda murojaat qilish uchun quyidagi manzillar koʻrsatilgan:

    Elchixona: 010-6802-1969

    Uyushma: 010-8495-0027

    주한 우즈베키스탄 대사관의 긴급 공지!

    서울 용산구 이태원 (할로윈행사)의 압사사고로 피해 본 우즈베키스탄 국적 시민들이 즉시 영사관에 연락 바랍니다.

    연락처: 010-6802-1969 (영사관)

    010-8239-1141 (협회)