“Do'stlik” posti omili
Ma'lumki, Andijon viloyati respublikamizning eng sharqiy hududi hisoblanadi. Qirg'iziston bilan 415 kilometr umumiy chegara mavjud. SHundan kelib chiqib infektsiya tarqalishining oldini olish maqsadida qaysi hududda yashashidan qat'iy nazar O'zbekiston fuqarolari “Do'stlik” bojxona-chegara posti orqali qabul qilinib, Andijonda nazorat-profilaktika tekshiruvidan, zurur hollarda davolash muolajalaridan o'tkazilmoqda. Aynan shular hisobiga viloyatga oid statistik ma'lumotlar bir qarashda yuqoriga o'xshaydi. Aslida esa vaziyat boshqa viloyatdagilarga nisbatan ancha ijobiy.
Demak, 16 martdan boshlab Andijon viloyatida koronavirus xastaligiga chalingan 738 nafar fuqaro qayd etilgan. SHundan 363 nafari chetdan kirib kelganlarni tashkil etadi. Butkul sog'ayganlar soni esa 425 kishiga, ya'ni 58 foizga teng.
Bugungi kunga viloyatda 313 nafar bemor davolanmoqda. Ikki nafarining holati og'ir, 6 nafariniki o'rta og'ir, deya baholanmoqda. Qolganlari qapniqarli holatda. Kecha 31 nafari sog'aygan bo'lsa, bugun 20 nafari xastalikdan butkul qutildi. Nazoratdagilarning ahvolidan kelib chiqib, har kuni sog'ayganlar soni ortmoqda.
Davlat hech narsani ayamaydi
Koronavirus xastaligi bilan kurashish uchun davlatimiz tomonidan barcha zarur mablag'lar, kuch va moddiy resurslar jalb etilmoqda. Dori-darmon, oziq ovqat, qo'shimcha joylar zahirasi yaratilgan. Viloyat hokimi bu xususda to'xtalar ekan, to'rt ming nafar bemorni davolash uchun uch oyga etarli dori vositalari va oziq-ovqatlar zahirasi yaratilganini ma'lum qildi. Bu esa bugungi kunda davolanayotgan bemorlar sonidan qariyb 14 barobarga ko'p demakdir. SHu bilan birga hozirning o'zida 2 ming nafarga bemorga mo'ljallangan tibbiyot muassasalari hozirlab qo'yilgan. YAna 10 ming nafar odamni qabul qilish quvvatiga ega ikkinchi darajali joylar tayyorlanmoqda. Qo'shimcha ravishda shifokorlar va o'rta tibbiyot xodimlari maxsus tayyorgarlik doirasida o'qitilmoqda.
Bu pandemiya shu darajaga etib boradi degani emas, albatta. Tibbiyot xodimlari haqiqiy vatanparvarlik namunalari ko'rsatib astoydil kurashmoqdalar. Gippokrat qasamiga sodiq shifokorlarning birortasi sodda qilib aytganda, charchadim, degani yo'q. Aksincha, eng olijanob kasb egalari shu kunlarda 24 soatli ish tartibiga o'tdilar. Ularning mehnatini rag'batlantirish, zarur texnika, aloqa vositalari, jihozlar bilan ta'minlash bo'yicha doimiy choralar ko'rilmoqda. Kuni kecha “Tez tibbiy yordam” xizmati uchun 16 ta yangi ambulans mashinalari keltirildi. 500 ta mobil` telefon apparatlari, ratsiyalar berildi. Mahalliy byudjet hisobidan mukofot pullari ta'sis qilindi.
Test olish va tekshirish
SHu kunga qadar viloyatda 104 ming fuqarodan virus bo'yicha test olindi. Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi markazida qo'shimcha laboratoriya tashkil etildi. SHunday laboratoriya OITSga qarshi kurash markazida ishga tushirildi. Tadbirkorlar tomonidan bugun kechga yaqin Janubiy Koreyadan kasallikni tezkor ravishda aniqlovchi testlar olib kelinadi. Ikkita xususiy shifoxona – “Sog'lom tabassum” va “Farm standart”da ertaga test tahlilini amalga oshiruvchi uskunalar ishga tushiriladi. Tahlillar birinchi navbatda kasallik alomatlariga gumon qilinayotgan fuqarolardan olinadi. Profilaktika maqsadidagi murojaatlarni qabul qilishda hech qanday tanish-bilish, mansab va pul ahamiyatga olinmaydi.
Call markazlar haqida
Pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun kol markazlar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Volonterlar ikki yo'nalisha: tibbiy maslahatlar berish va oziq-ovqat, dori darmon etkazib berish yo'nalishida ishlamoqda. Hozirda 3,5 milliard so'mlik oziq-ovqat zahirasi mavjud.
“Kezi kelganda shuni ham aytish zarurki, ayrim noinsof fuqarolar sigaret, aroq keltirib beringlar, deya murojaat qilmoqdalar”, -dedi viloyat hokimi.
Hayot to'xtab qolmaydi
Pandemiya davri qachon yakunlanishi noma'lum ekan, shu sharoitda yashash, mehnat qilishga o'rganishimiz kerak. Barcha ehtiyot choralarini qo'llagan holda ishlab chiqarish, qurilish, sanoat va boshqa sohalarda rejalarni bajarishga alohida ahamiyat beriladi.
-Olti oylik yakunlarga ko'ra ijobiy natijalarga erishdik, - deydi SH.Abdurahmonov. – Bu yilgi qurilish ko'lami har qachongidan salmoqli bo'lishi kutilmoqda. YAngi yangi tekstil` korxonalari ishga tushirilyapti. Vaqtincha ishsiz qolganlar shu ob'ektlarda, shu korxonalarda ishga joylashishlari mumkin.
Inson ruh bilan, kayfiyat bilan yashaydi
O'tgan dam olish kunlari viloyat aholisi yuqori intizom namoyish etib, uyda qoldi. Pandemiya zanjirini uzish uchun zarur edi bu chora. Buning uchun viloyat hokimi o'z minnatdorligini bildirib, yuqori kayfiyatda mehnat qilish, karantin talablariga ongli ravishda amal qilishga chaqirdi.
-Inson ruh bilan, kayfiyat bilan tirik, - dedi viloyat hokimi SH.Abdurahmonov. – Bu sinovdan hamjixatlikda albatta, muvvaffaqiyatli o'tamiz. Noo'rin, chalg'ituvchi ma'lumotlar bilan aholining kayfiyatini tushirmang. Har qanday muloqotga, savolga javob berishga tayyorman.
Rustamjon eSHONOV.
Muallif olgan suratlar.