Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda respublikaning turli hududlarida “Shaffof” brendi ostida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari hamda tadbirkorlik subyektlarida sodir etilayotgan noqonuniy holatlarga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, “Shaffof” brendi ostidagi 73 ta xoʻjalik subyektiga qarashli 101 ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiining tabiiy gaz va elektr tarmoqlaridan noqonuniy foydalanishi holatlari oʻrganilmoqda.