Bu borada sektorlarda faoliyat yuritayotgan kambagʻalchilikni qisqartirish shtabi aʼzolari, deputatlar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning oʻrinbosarlari bilan birgalikda shahar hududida kambagʻal, ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti oʻrganilib, 22 ming 282 aʼzolari boʻlgan 5 613 ta “Temir daftar”ga kiritildi.
“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida bu oilalarni qoʻllab quvvatlash maqsadida bugungacha tadbirkorlari hamda fuqarolari hisobidan 5,2 milliard soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, chorva mollari va boshqa turdagi ijtimoy koʻmaklar koʻrsatildi.
Shuningdek, shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil qilingan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga bugungacha 2,1 milliard soʻm miqdorida homiylik mablagʻlari kelib tushdi.
“Temir daftar”dagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga “Qurbon hayiti” ayyomi arafasida 1 ming 348 ming ta oilaga 1 million soʻmdan, jami 1,3 milliard soʻm bir martalik moddiy yordam, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan “Temir daftar”ga kiritilgan 4 ming 625 ta oilaga 220 ming soʻmdan, jami 4,1 milliard soʻm bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi.
“Temir daftar”ga kiritilgan 5 ming 704 ta oilaning 16 yoshga toʻlmagan 7 ming 264 nafar bolalariga maktab oʻquv qurollari hamda kiyim-kechaklar uchun jami 3,6 milliard soʻm moddiy yordam koʻrsatildi.
Bugungacha 2 ming 854 ta oila turmush sharoiti yaxshilanganligi inobatga olinib, oʻz murojaatlariga muvofiq, sessiya qarorlari asosida “Temir daftar” dan chiqarilgan boʻlsa, 610 ta oila yangidan “Temir daftar”ga kiritildi. 1-dekabr holatiga “temir daftar”da 3 ming 369 ta oila qolayapti.