Shaharlar chegarasidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun soliq yuki yengillashtiriladi

    Moliya 30 Avgust 2024 517

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-304-sonli qarori qabul qilindi.

    Hujjatning maqsadi — soliq qonunchiligi talablarini soddalashtirish va qishloq xoʻjaligida soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish orqali tadbirkorlik subyektlariga soliq yukini kamaytirish, shuningdek mamlakat mintaqalari oʻrtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tumanlar va shaharlarni yanada rivojlantirishdan iborat. Bunda quyidagilar nazarda tutilgan:

    - shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻini ikki baravar miqdorda hisoblash tartibini bekor qilish;

    - shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻini amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblash tartibini joriy etish, deb xabar beradi “Norma” portali.