Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-960-son, 10.09.2024-y.) bilan Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

    Unga koʻra, Shaharsozlik kodeksiga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining nomini va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

    Shuningdek, Oʻzbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish yoʻli bilan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirilmoqda.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.