Shahboz Sharif Pokistonning yangi Bosh vaziri etib saylandi

    Pokiston musulmon ligasi raisi Shahboz Sharif Pokistonning yangi Bosh vaziri etib saylandi. Mamlakat Milliy assambleyasida (parlamentning quyi palatasi) ovoz berish jarayoni PTV News telekanali tomonidan namoyish etildi.

    Yangi chaqiriq parlament quyi palatasining 336 nafar deputatidan 201 nafari Pokiston musulmon ligasi yetakchisiga ovoz berdi. Uning Pokiston hukumati rahbari lavozimi uchun kurashdagi raqibi, Milliy assambleyaning yangi chaqiriq deputati, “Adolat uchun harakat” partiyasi bosh kotibi Umar Ayub Xon 92 ovoz oldi.

    Sharif 4-mart kuni qasamyod qiladi. U 2022-yilning aprelidan 2023-yilning avgustigacha Pokiston hukumatini boshqargan. Undan oldingi, o'sha paytdagi “Adolat harakati” partiyasining raisi Imron Xon ishonchsizlik votumi natijasida lavozimidan chetlashtirilgandi, deb xabar beradi tass.ru.