Bokschimiz hamkorlik qiluvchi "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi vakilining xabar berishicha, Shahram Gʻiyosov faoliyatidagi oʻn beshinchi jangini 2024-yil 13-yanvar kuni oʻtkazadi. Oʻsha kuni hamyurtimizga meksikalik bokschi Pablo Sezar Kano raqiblik qiladi.
Maʼlumot uchun, Shahram prof boksda hozirgacha 14 ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongan. Janglarining toʻqqiztasida muddatidan ilgari zafar quchgan.
Uning boʻlajak raqibi Pablo Sezar Kano esa faoliyati davomida 44 ta jang oʻtkazgan va ularning 35 tasida gʻalaba qozongan, 8 ta jangda magʻlub boʻlgan va 1 tasida durang qayd etilgan.
Ahamiyatlisi, Pablo faoliyati davomida ikki bor jahon chempionlik kamarlari uchun jangga chiqqan va har ikki jangda magʻlub boʻlgan.