Shahram Gʻiyosov professional boksdagi 10-gʻalabasini qoʻlga kiritdi

    Sport 16 Avgust 2020 4482

    Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan Shahram Gʻiyosov (10-0, 8 KO) oʻzining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 16-avgust tongida nikaragualik Uiston Kamposga (31-8-6 , 19 KO) qarshi oʻtkazdi.

    Oʻzbekistonlik bokschi uchinchi raund oxirida raqibini nokautga uchratdi.

    Shu tariqa Shahram Gʻiyosov professional boksdagi oʻninchi jangida 10-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

    U soʻnggi marta 2019-yilning avgustida Meksikada ringga koʻtarilib, kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresni (33-4-2, 21 KO) magʻlub etgan va WBA International chempionlik kamarini himoya qilgandi.

    U navbatdagi jangini meksikalik Fransisko Roxoga qarshi oʻtkazishi rejalashtirilgandi, ammo Roxoda koronavirus aniqlangani sabab, raqib oʻzgargandi.