Oʻzbekistonlik bokschi uchinchi raund oxirida raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa Shahram Gʻiyosov professional boksdagi oʻninchi jangida 10-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

U soʻnggi marta 2019-yilning avgustida Meksikada ringga koʻtarilib, kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresni (33-4-2, 21 KO) magʻlub etgan va WBA International chempionlik kamarini himoya qilgandi.

U navbatdagi jangini meksikalik Fransisko Roxoga qarshi oʻtkazishi rejalashtirilgandi, ammo Roxoda koronavirus aniqlangani sabab, raqib oʻzgargandi.