Shahram Gʻiyosovning Eymantas Stanionisga qarshi chempionolik jangi Oʻzbekistonda oʻtkazilishi mumkin

    Avvalroq, WBA 8-noyabr kuni Gʻiyosov — Stanionis jangi uchun promouterlik savdosi oʻtkazilishini eʼlon qilgan edi.

    Bu haqda insayder va jurnalist Jalol Ahmedov oʻzining Twitter (X) sahifasida xabar bermoqda.

    «Shahram Gʻiyosov va Eymantas Stanionis oʻrtasidagi WBA yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionlik jangi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtishi mumkin. Ayni damda Oʻzbekiston sport jamoatchiligi vakillari va promouterlar buni amalga oshirish boʻyicha muzokara olib bormoqda«, deyiladi xabarda.