Maʼlumki, Kitob kenglik stansiyasi hududida nafaqat optik teleskoplar, balki zamonaviy global navigatsiya tizimlarining (GPS, Galileo, GLONAS kabi) stansiyalari oʻrnatilgan.
Bu esa oliygoh talablariga nafaqat fundamental optik astronomiya, balki zamonaviy kosmik texnologiyalar bilan amaliyotda tanishish imkonini beradi.
Astronomiya ilmiy-oʻquv markazining ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Shuhrat Egamberdiyev ishtirok etdi.
Tadbir davomida ilm-fan sohasida yuksak yutuqlarga erishgan, nufuzli xalqaro eʼtirofga ega akademik Shuhrat Egamberdiyev va talabalar ishtirokida qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.