Ochilish marosimini Shahrixon tuman hokimi Hikmatillo Dadaxonov ochib berdi.  Shundan so'ng yangi ochilgan binoda kichik ekskursiya tashkil etildi. Mutasaddilarning ta'kidlashicha, markazda o'nta operator fuqarolarga xizmat ko'rsatadi va barcha faoliyat elektronlashtirilgan. Fuqarolar ularga xizmat ko'rsatgan operatorlarni elektron baholash imkoniyatiga ham ega.

Davlat xizmatlari Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Mahmudjon Abdujaliyevning aytishicha, yangi yilgacha Xonaobod, Xo'jaobod, Izboskan va Oltinko'l tumanlarida ham tashkilot markazlarini ochish rejalashtirilgan.

Yulduz O'rmonova